Prezident qarori amalda

Qo‘ng‘irot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda tuman hokimi Bekzod Madaminov, tuman sektor rahbarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari va tumandagi barcha mahallalarning yetakchilari ishtirok etdi. Yig‘ilishda «Har bir mahallada huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish» tamoyili asosida manzilli ishlar belgilab olingani aytib o‘tildi.

Shu bilan birga, qaror talablarining ijrosi mas’ullar va mahallalar yetakchilari tomonidan to‘g‘ri tuzilishi hamda faoliyati davomida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ta’sirchan, manzilli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishga, mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirishga, bunda asosan ishsiz fuqarolar, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashga, shuningdek, probatsiya hisobidagi shaxslar bilan uzluksiz ish olib borish kabi muhim vazifalarga e’tibor qaratilishi aytib o‘tildi.

.

 

Skip to content