Qo’nǵirot tumanidagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 30700 dan ortiq yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 ta toifaga ajratildi. Bunda: yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan yoshlar “yaxshi” toifaga; turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol yoshlar “o‘rta” toifaga kiritildi; davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 265 nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olingan edi.
Har bir rahbar, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga uchinchi toifadagi e’tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilgan.
Qo‘ng‘irot tumanida Milliy gvardiya tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi.
Milliy gvardiya Qoraqolpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i , polkovnik Yusupov Muxtor Bekchanovich, tuman hokimi B.Madaminov bilan hamkorlikdagi
otaliqqa olingan yoshlar bilan «Rahbar va yoshlar», “Harbiy qismda bir kunim” shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari tashkil etildi.
«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi davomida Milliy gvardiya Qaraqalpaqstan Respublikasi boshqarmasi boshligi, polkovnik Yusupov Muxtor Bekchanovich
va tuman hokimi B.Madaminov mahalla yoshlari bilan ochiq muloqot tarzida suhbatlashib, Prezident tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil so‘zlab o‘tdi. Har bir o‘g‘il qiz bilan ularning qiziqishlari, ijtimoiy muammolari yuzasidan suhbatlashildi. Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari chuqur o‘rganilib, bir qator masalalar joyida bartaraf etildi. Yoshlar o‘zini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. Harbiy qismga badiıy kitoblar sovǵa qilindi.
Tadbir davomida ochiq eshiklar kuni, qurol aslahalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Shuningdek, daraxtlar ekildi va yoshlar harbiylar oshxonasida tushlik qilishib, harbiycha hayot bilan yaqindan tanishishdi.