So‘nggi yillarda yurtimizda tinchlikni ta’minlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari orqali hal etish va aholi o‘rtasida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Uchrashuvda «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishlari sabablarini kompleks chora-tadbirlar yordamida manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish kabi muhim vazifalar belgilab olindi.