Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlari xizmatiga kirishni xohlovchi o‘g‘il bolalar uchun tanlov e’lon qilinadi.
Talabalarga qo‘yilgan talablar:
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi:
Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;
bo‘yi 170 (bir yuz yetmish) santimetrdan past bo‘lmagan;
Muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan.
(«B,»»C» toifadagi) Haydovchilik guvohnomaga ega bo‘lgan nomzodlar.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar:
2025-yil 19-aprel kunidan 21-aprel kunigacha https://kb.iiv.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi kerak;
Talabgorlar yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi shart.
Belgilangan muddatdan oldin va keyin 2025 yil 19-21-aprel oralig‘ida murojaat qilgan nomzodlar ro‘yxatga olinmaydi.
Manzil: Nukus shahri, A.Temur ko‘chasi, 112-uy.
Ma’lumot uchun telefon raqami: (61) 229-93-36;