Хalq deputatlari Qo’ng’irot tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi

Qo’ng’irot tumani hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi
beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bekzad Madaminov olib bordi.
Dastlab sessiya kun tartibidagi birinchi masala: sektor rahbarlari tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.Shuningdek, sessiya davomida tuman Ichki ishlar bo‘limining jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va jamoat xavfsizligini ta‘minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, Qo‘ng’irot tumani mahalliy byudjetining 2024-yil davomida xarajatlar va daromadlar rejasiga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g’risida, “Tashabbusli byudjet” jarayoni jamoatchilik fikri asosida amalga oshirilgan ishlar to‘g’risida,
tuman adliya bo’limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot va hisobotlari ham tinglandi.Kun tartibi bo‘yicha sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javoblar oldilar.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 

Skip to content