«Uch avlod» vakillari uchrashuvi tashkil etildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan «Uch avlod» vakillari uchrashuvi tashkil etildi.

️ Qo‘ng‘irot tumani «Ozodlik» MFYda joylashgan 36-sonli maktabda o‘tkazilgan uchrashuvga mehnat faxriysi «Do‘stlik» ordeni egasi Jarilqap Tursinbekov, tuman «Nuroniy» jamg‘armasi boshlig‘i X.Qalmuratov, «Tashviqotchilar» guruhi a’zosi 2-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni egasi P.Kidirbayeva, «Mingjargan» MFY hokim yordamchisi, «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni egasi A.Xasanov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi boshlig‘i U.Tileumuratova, Din ishlari qo‘mitasining tumanlik mutaxassisi YU.Kalekeev, maktab jamoasi yoshlar qatnashdi.
️ Uchrashuv mehmonlari yurtimizning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriylar va soha vakillarining ibratli ishlarini alohida tilga oldi.
️Keksa avlod vakillari yoshlar bilan fikr almashib, yoshlik kuch-g‘ayratini qayta his qilgandek bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz. Nuroniylarning o‘gitlari yoshlarni yaxshi inson bo‘lib kamol topishiga, doimo yaxshilik qilishga, chuqur bilim olishga, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga undaydi.

️»Keksalarga hurmat, yoshlarga nasihat» degan g‘oyani o‘zida aks ettirgani albatta, bunday tadbirlar yoshlarning har tomonlama yetuk inson bo‘lib yetishishiga, mehnat faxriylarining turmush maktabi bilan yaqindan tanishishiga xizmat qiladi.

Skip to content