O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan kun munosabati bilan Qo’ng’irot tumanida bayram tadbiri bo‘lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan kun munosabati bilan Qo’ng’irot tumanida bayram tadbiri bo‘lib o’tdi.

Tantanali tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila-a’zolari, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tuman hokimi o’rinbosari A.Mamutov favqulodda vaziyatlar tizimi xodimlarini kasb bayrami bilan qutlab, ularning sharafli va mas’uliyatli xizmatini e’tirof etdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilash borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilayotgani haqida to‘xtaldi.

Bir guruh soha xodimlari tuman hokimligining faxriy yorliq hamda sovg’alari bilan taqdirlandi.

Tadbir ishtirokchilariga madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan tayorlangan konsert dasturi namoyish qilindi.

Skip to content