Tuman prokurori J.Muftullaevning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ham soha vakillarining murojaatlari tinglandi, faoliyatida uchrayotgan muammolar tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. Uchrashuvda tumanda yangi zamonaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar bildirildi. Tadbirkor, hunarmand va fermerlar tomonidan ilgari surilgan har bir masala bo‘yicha tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlariga aniq ko‘rsatmalar berildi.