Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi Tashkilotining (FAO) O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasining “Оrоlbo’yi mintaqasida havo, yer va suv resurslarini boshqarish bo’yicha innovatsion yechimlar orqali ekologik qavflarni bartaraf etish uchun mahalliy hamkorlar va aholining bilim va ko’nikmalarini shakllantirish” qo’shma loyihasi doirasida Mo’ynoq, Qo’ng’irot va Taxtako’pir tumanlaridagi ekotizim holatini baholash, mahalliy aholining ekotizimni asrash bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirish, yashil o’rmonlar va ko’chatzorlar barpo etish va bunda mahalliy aholiningbevosita ishtirokini ta’miyinlash ko’zda tutilgan. Xususan, Qoʻngʻirot va Taxtakoʻpir tumanlarida 2 gektardan 4 gektargacha boʻlgan maydonlarda jiyda ko’chati ekilib, ko’rgazmali dala maydonlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlar doirasida Qo’ng’irot tumanida oʻquv-seminar oʻtkazildi. Tadbirda 30 dan ortiq ekologiya, oʻrmon, suv, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalar vakillari, fermerlar va talabalar ishtirok etdi. Dala maydonida innovatsion usul orqalı ko’chatlar ekildi , bunda suvni tejaydigan texnologiyalar namoyish etildi. Tadbirda xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etdi. Kunning birinchi yarmida nazariy bilimlar berilgan boʻlsa, ikkinchi yarmida bevosita dalalarda ishlar olib borildi. Bu kabi innovatsion yechimlar ekotizimni asrash va salbiy iqlim o’zgarishining zararli oqibatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.