To‘rdagi Hasratli ona -Vatan timsoli. Urushdan qaytmagan farzandini umrining oxirigacha kutib “Sen doimo qalbimdasan, jigarbandim” degan so‘zlarini bugun Ona Vatan bo‘lib, butun xalq bo‘lib aytayotgandek…
Qo‘ng‘irot tumani hokimi B.Madaminov, mehnat faxriylari, afg‘on urushi qatnashchilari va keng jamoatchilik vakillari harbiy orkestr musiqasi ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydi va qonli jang maydonlarida mardlik ko‘rsatib halok bo‘lgan yurtdoshlarimizni yodga oldi.
Butun insoniyatga havf solib, otani boladan, onani farzanddan judo qilib, tarixda o‘chmas iz qoldirgan Ikkinchi jahon urushi bizning yurtimizga ham o‘nglab bo‘lmas oqibatlarni olib keldi. Bu urushda tumanimizdan 3672 kishi qatnashgan bo‘lsa, shundan 2037 nafari elga omon qaytgan. Bugungi
tinch va osoyishta hayotimiz,
musaffo osmonimiz uchun qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizni mangu xotirlash, jasoratlari oldida bosh egish biz uchun ham qarz, ham farz.