QADRING BALAND BO’LSIN, ONA TILIM!

21 oktyabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Madaniyat saroyida bayram tadbirii boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimining oʻrinbosari A.. Mamutov yigʻilganlarni bayram bilan tabrikladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, har qanday davlat va millatning yuzi uning davlat tili hisoblanadi.. Koʼp millatli diyorimizda davlat tillari hisoblangan oʼzbek va qoraqalpoq tili bilan bir qatorda , har bir millat oʼz ona tilini rivojlantirishi uchun zarur choralar koʼrilmoqda. Qo’ng’irot tumanida 10 dan ortiq turli millat vakillarining yashaydi. Ta’lim muassasalarida ta’lim qoraqalpoq, o’zbek, qozoq, rus, turkman tillarida olib borilganligi boshqa millat tillariga ham katta e’tibor ko’rsatilganligini tasdiqlaydi. Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan konsert dasturida oʻrin olgan Ona Vatan, millatlararo totuvlikni tarannum etuvchi qo’shiqlar ishtirokchilariga bir olam zavq bag’ishladi.

     

Skip to content