O‘zaro tajriba almashildi

Qo‘ng‘irot tumani hokimi Begzod Madaminov hamda Chimboy tumani hokimi Oybek Tajetdinovlar Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida bo‘ldi.Ularni tuman hokimi Shavkat Darvishev hamda sektor rahbarlari kutib olib, tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihaları va bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirildi.Mehmonlar dastlab, turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda ishga tushirilgan «SENTEZ DO‘STLIK TEXTILE ACCESSORIES» mas’uliyati cheklangan jamiyatida, «Gʻafur Gʻulom» mahallasi hududida bunyod etilayotgan savdo kompleksi hamda «Yoshlar shaharchasi»dagi IT park, amfiteatr, zamonaviy kutubxona, ovoz yozish studiyasi, yangi sport kompleksida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, qoraqalpog‘istonlik hokimlar»Chinobod»mahallasidagi «Yangi O‘zbekiston»massivi, «Mevazor»mahallasidagi sohil bo‘yida joylashtiriladigan yangi loyihalarni borib ko‘rishdi.»Chinobod» mahallasining ma’muriy binosi va unda mahalla mutasaddilari va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

Skip to content