Unga xalq deputatlari tumanlik Kengashining deputatlari, tuman
hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish organlari, muassasa, korxona rahbarlari, fuqarolar
yig‘ilishlarining rahbarlari qatnashdi.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bekzod Madaminov boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibida Qo‘ng‘irot tumani obodonlashtirish boshqarmasi hisobidagi yo‘llarni belgilab olish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng deputatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tuman bo‘limi tomonidan 2024 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitdi. Sessiyada Qo‘ng‘irot tumani prokurori Javlonbek Muftullayev va IIV boshlig‘i Po‘lat Iskenderovning
2024-yilning 12 oyi davomida kriminogen holati og‘ir hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Ichki ishlar bo‘limining tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi. Deputatlar tumandagi geografik obyektlarning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ham muhokama qildi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.