Mahorat soatlariga start berildi

Qo‘ng‘irot tumanidagi 10 va 25-sonli MTMlarida «Metodik mahorat soati»ga start berildi. Metodik mahorat soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-152-sonli Farmoni asosida respublikamizning barcha shahar va tumanlarida tashkil etilmoqda. Yetakchi pedagoglar seminarda tajribali murabbiylardan o‘zlashtirgan bilim va tajribalarini o‘zlarining mehnat jamoalariga borib o‘rgatib, ish tajribalarini yanada boyitib boradi. Metodik mahorat soatlari har oyning 1- va 3-haftalarida olib boriladi. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining jahon tajribasidan o‘rnak olishiga, zamonaviy ta’limning yangi shakllarini joriy etish orqali sohaning yangi bosqichlarga chiqishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

 

 

Skip to content