2025- yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil

2025 yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo‘lib, buning uchun mahalliy hokimliklar va moliya-moliya tuzilmalarining muvofiqlashgan ishlarini jadallashtirish ko‘zda tutilgan. Joriy yil 1 fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallalar bilan ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga «mahalla bankirlari» tayinlanishi, har bir mahallada ular bilan hamkorlik qiladigan «yordamchi-agentlar» tanlab olinishi belgilangan edi. «Sanoatqurilishbank» Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi vakillari Qo‘ng‘irot tumanida bo‘ldi va bankning tumandagi filialining mahallalardagi ishlarini yangicha yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha tuman hokimligida uchrashuv o‘tkazdi. Bankning tuman filialida tashkil etilgan mahallalar bilan ishlash bo‘limlariga tayinlangan «mahalla bankirlari» bilan birgalikda
aholini tayyor biznes loyihalar bilan tanishtirish, ularni amalga oshirish ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

Skip to content