Qo‘ng’irot oppoq qorga burkanmoqda- fotolavha

Oppoq qor, bu oqlikda juda ko‘p ma’nolar bor…
Erning qor bilan qoplanishidan Qo‘ng’irot tumani aholisi  dehqonchilik serbaraka bo‘lishini chamalab oladi. Oqsoqollar bu yil ham obi-hayot serob, don mo‘l, dasturxonlar to‘kin bo‘ladi, deya dehqonu sohibkorlarga asrlar sinovidan o‘tgan maslahat va tavsiyalarini bera boshlaydi.

Qishning oppoq libosi tevarak-atrofga o‘zgacha ko‘rk ulashmoqda. Baraka nishonasi Qo‘ng’irotliklarning ko‘nglini chog’ etib, ertangi yanada farovon, to‘kin va obod hayotga ishonch tuyg’usini mustahkamlamoqda.Mayin-mayin yoqqan qor insonlarga mehr-oqibat ulashsin, ularning ko‘nglini momiq qorday yumshatsin. Qor elimizga to‘kin-sochinlik olib kelsin!

 

Skip to content