Diniy ekstremizm va terrorizmdan – ogoh bo’ling

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xavfsizlikning bo‘linmasligi, o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsiplari va normalariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarixida ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarga bir necha marotaba duch kelgan. Ushbu yo‘nalishda xavf-xatar, tahdid va tahlikalar saqlanib qolayotganini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ekstremizm va terrorizm hamda ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi mavjud tajriba, shuningdek, mintaqa davlatlaridagi mazkur tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha holatning retrospektiv va qiyosiy tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, Markaziy Osiyoda ekstremistik va terrorchilik faoliyati, asosan, millatchilik (milliy), ijtimoiy, diniy va siyosiy g‘oyalar ostida amalga oshirilmoqda.
Yoshlar huquqlari bo‘yicha BMTning Xalqaro Konvensiyasini ishlab chiqish hamda Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning BMTning Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma’ruzasi ekstremizm va terrorizmning yuzaga kelish sabablarini, shuningdek, ularning oldini olish yo‘llarini tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi qabul qilingan bo’lib, ekstremizm va terrorizmning mintaqada tarqalishi uchun asosiy sabab va shart-sharoitlar ham, ekstremist va terrorchilar o‘z buzg‘unchi faoliyatida foydalanadigan turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va boshqa omillar ham inobatga olingan. Strategiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali va bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashdir.
Yana ta’kidlash joizki, tinchlikni ulug’ ne’mat deb e’lon qilgan dinimizda bu yo’lda nafaqat amal bilan, balki so’z bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan. Shu nuqtai-nazardan, fuqarolarimiz yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni avaylab-asrash yo’lida davlatimizning mutasaddi idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan say’y-harakatlarni e’tiqodan qo’llab-quvvatlashlari va qo’lidan kelgancha ularga yordam berishlari lozim. Tahdidlarni oldini olishga qaratilgan aynan mana shunday chora-tadbirlar hisobiga yurtimiz tinch, dindorlarimiz xotirjamlikda ibodatlarini ko’ngildagidek ado etmoqdalar.
Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo’shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo’lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo’lib qolmog’i lozim.

Seytbayeva Marjan Kopjursinovna
Qo‘ng‘ırot tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshyuriskonsult

Skip to content