VATANNI MARDLAR HIMOYA QILADI

Yurtimizda Vatan himoyasidek ulug‘ ishga o‘zini bag‘ishlagan harbiy xizmatchilar katta hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lib, har yili 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qo‘ng‘irot tumanining markaziy ko‘chalari bo‘ylab harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Erta tongdan tumandagi Qoraqalpog‘iston ko‘chasi bo‘ylab harbiy xizmatchilar va texnikalar, huquqni muhofaza qilish xodimlari bir safda harakatlanib, tuman aholisiga ko‘tarinki bayram kayfiyatini ulashdi.

Skip to content