Ustyurtda tarqalgan arqarning bu turini ba’zida “arqal” (ilmiy tilda “Ovis vignei”) yoki “ustiyorning yovvoyi qo‘yi” deb ham ataydi. Chunki, arqar faqat cho‘l, cho‘l-qumli yerlarda tarqalsa (Qozoqi, Qoplonqir, Sariqamish) boshqa arxarlar baland tog‘li hududlarda uchraydi. Ustyurt qo‘yining tana o‘lchami boshqa hududlardagi uchraydigan arqarlarga qaraganda kichikroq. Tanasining uzunligi 120-160 sm, vazni esa 40-70 kg. Ham chaqqon va epchil jonzot Ustyurtdagi qiya qoyalarga tez ko‘tarilib, 1,5 metr balandlikka oson sakrab, yana zipillab, 10 metr masofaga sakrab, pastga tusha oladi. Ko‘zlari juda o‘tkir, 2-2,5 chaqirim uzoqlikdagi odamni ko‘ra oladi.
Bu jonzotning yildan-yilga kamayib ketishiga odamlarning noqonuniy ovlanishi, yangi ishlab chiqarish joylarining ochilishi asosiy sabab bo‘lsa, yana yovvoyi yirtqich hayvonlarning ham ta’siri bor. Yurtimizda noyob, O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan Ustyurt arxaridek tabiat ne’matini ko‘z qorachig‘idek asrash har bir fuqaroning insoniy burchidir.