Bugun Qo‘ng‘irot tumani hokimligi majlislar zalida 2025 yilda aholining bandligini ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq tumanlarining mahalla yettiligi va tegishli soha vakillari ishtirok etdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari A.K.Kayraddinov,
Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi xodimi A.Azatovlar hududlarni rivojlantirish bo‘yicha iqtisodiy kompleks tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar, “Drayver” loyihalarni aniqlash va Xitoy davlatining tajribasini ommalashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tomonidan kambag‘al oilalar va ishsizlar ro‘yxatini shakllantirish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni doimiy ravishda monitoring o‘tkazish va ularni daromadli mehnat bilan band qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.