Yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari bu yer silkinishi zilzila deb nomlanadi. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining xar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish zilzilalari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik qismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma zilzilalar natijasida taxminan 0,510″ J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi.
Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
• Tektonik zilzilalar;
• Vulqon zilzilalari;
• Agʻdarilish, oʻpirilish zilzilalari;
• Texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bogʻliq) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng ko’p talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera oʻramlarida boʻladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathlarida togʻ jinslarining katta bo’laklarini agʻdarilishi, yoki tog’larning oʻpirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar agʻdarilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishining tarqalish maydoni kichik, koʻp hollarda talofatsiz boʻladi.
Vulqon jarayoni, yaʼni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan yer silkinishiga vulqonli yer silkinishi deyiladi.Bunday yer silkinishi vulqonning faollashishi bilan bogʻliq boʻlgani sababli aksariyat koʻp hollarda ular aniq bashorat qilinadi.Shuning uchun uning keltiradigan talofati deyarli kuchli boʻlmaydi.
Insonning muxandislik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan yer silkinishlar asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda.Bunday yer silkinish yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer ostidan surib olinishi jarayoni amalga oshirilgan maydonlarda yuz bermoqda. Inson oʻzining muxandislik faoliyati bilan yer osti komponentlariga muayyan taʼsir etishi, u yoki bu darajada oʻzgartirishi yer silkinishining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda. Daryo vodiylariga toʻgʻonlarning qurilishi natijasida maydoni bir necha ming km2, hajmi bir necha yuz km3 dan katta boʻlgan (masalan, Chorvoq suv omborining umumiy hajmi 2,1 mld. m3, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv omborlari vujudga kelmoqda. Yer qaʼrida 4000-5000 m chuqurlikda yotgan gaz, neft yer sathiga soʻrib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan koʻmir ana shu yer qaʼrida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha saqlash maqsadida baʼzan yer osti gʻorlariga, xandaklariga va togʻ jinslari gʻovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib olinmoqda.Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yigʻilishi, sarflanish darajasi silkinish hududlaridan surib olingan gazning miqdori, yer qaʼri togʻ jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini maʼlum darajada buzilganligi oqibati zilzilaning sodir boʻlish vaqtini tezlashtiradi.
Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofatlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Maʼlumki, har yili sayyoramizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia boʻlib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo boʻlishiga, ming-minglab insonlar yostigʻining qurishiga olib keladi.
Qo’ng’irot tumani
Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi: U. Turebayev