QO’NG’ROT TUMANI HOKIMI BEKZOD BAHODIROVICH MADAMINOVNING YANGI YIL TABRIGI

Aziz do‘stlar!

Mana, har bir sohada ulkan yutuqlar, tinimsiz yangilanishlar va o‘zgarishlar bilan 2024 yilga ham yakun yasadik. Har birimizga umid, orzu-niyatlarimizga qanot bag‘ishlab Yangi 2025 yil ham kirib kelmoqda.
Siz azizlarni, ko‘p millatli Qo‘ng‘irot diyori xalqini Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman! Barchangizga bebaho boylik – sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Qadrli do‘stlar!

O‘tayotgan 2024 yilda barcha sohalarda xalqimizning fidokorona mehnatlari natijasida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi.Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarida va xalqimiz hayotida tarixiy o‘zgarishlar va yangilanishlar yuz bermoqda. Barcha sohalar qatori transport sohasida olib borilayotgan islohotlar xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilmoqda.Tumanimiz hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A380 «G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» avtomobil yo‘lining 240 km qismi foydalanishga topshirildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida o‘rni beqiyos bo‘lgan temir yo‘l sohasida ham yangilanishlar yuz.Mamlakatimiz iqtisodiyotida o‘rni muhim bo‘lgan temir yo‘l sohasida ham yangilanishlar yuz berib, yangi yil arafasida Qo‘ng‘irot temir yo‘l vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirilishi ham tumanimiz aholisini katta quvonchga to‘ldirdi.Tumanimizda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, uy-joylar, yo‘llar, qator ijtimoiy obyektlar, madaniyat va sport maskanlari barpo etildi. Bu yangilanishlarda har biringizning hissangiz bor.
Yangi O‘zbekistonda inson manfaati, uning hayoti, huquqlari eng oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan «Inson – jamiyat – davlat» tamoyili bugun olib borilayotgan islohotlarning asosini tashkil etadi.
tashkil etadi.

Buning samarasini bugun har bir inson va oila, har bir jamoa o‘z misolida ko‘rmoqda.
Eng muhimi, odamlarimiz bugungi hayotidan rozi bo‘lib, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, tarixda yorqin iz qoldirgan o‘tgan yilni katta shukronalik bilan eslab qolmoqdamiz.

Aziz do‘stlar!

Barchangizni kirib kelgan 2025-yil bilan yana bir bor tabriklayman.

Skip to content