E’ L O N

Urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urugʻchiligi bilan shugʻullanuvchi subyekt rahbarlari diqqatiga!

2024-yilning 15-yanvardan 6-fevraligacha Qo‘ng‘irot tumani Qishloq xoʻjaligi boʻlimi binosida 2024-yil hosilidan urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urugʻchiligini yetishtirish huquqini qoʻlga kiritish uchun subyektlar oʻrtasida tender tanlovi uchun hujjatlar qabul qilinadi.
✅Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xoʻjalik rahbarlari quyidagi hujjatlar toʻplamini 2 nusxada tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida tuzilgan tanlov komissiyasiga 6-fevralgacha taqdim qilishlari soʻraladi:

1. Tender komissiyasi nomiga ariza
2. Fermer xo‘jaligi nomidan tilxat
3. Kadastrlar palatasi Qo‘ng‘irot tumani boʻlimining ma’lumotnomasi
4. Fermer xoʻjaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari toʻgʻrisida ma’lumotnoma
5. Tuman Irrigatsiya boʻlimi ma’lumotnomasi
6. Oʻsimliklarni himoya qilish va karantin agentligi Qo‘ng‘irot tumani boʻlimi tomonidan berilgan ma’lumotnoma
7. Fermer xo‘jaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti toʻgʻrisida hujjat (diplom nusxasi)
8. Fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar)
9. Fermer xo‘jaligida ishlayotgan urugʻchi xodimning ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjat (diplom nusxasi)
10. Majburiyatdan ozod pul mablagʻi toʻgʻrisida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma
11. Agroinspeksiyaning tuman boʻlimi tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi
12. Kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi boʻyicha “Agro To‘rtko‘l tekstil cluster” MChJ tomonidan berilgan ma’lumotnoma
13. Soʻnggi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi boʻyicha “Agro To‘rtko‘l tekstil cluster” MChJ tomonidan berilgan ma’lumotnoma

➡️Hujjatlarni qabul qilish 2024-yilning 6-fevral kuni 18:00 da toʻxtatiladi.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun: +99893-840-06-86, +99891-939-95-22

Skip to content