Ma’rifat orqali kambag‘allikni qisqartirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ-12-son, 17.01.2025) ning ijrosini ta’minlash hamda mahallalarda kambag‘al oila a’zolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirish maqsadida  tumandagi og‘ir hududlarga “#Ma’naviy_ko‘makchi”  biriktirilgan.

Qo‘ng‘irot tumani “Miynetabad” OFY ga biriktirilgan ma’naviy ko‘makchi hunarmand, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibi, yakka tadbirkor Z.Madiyarova bilan kambag‘al aholi qatlamining dunyoqarashini o‘zgartirish, ularni kasb hunarga yo‘naltirish maqsadida Qo‘ng‘irot tumani “Miynetabad” OFYda joylashgan 1- sonli maktabda “Ma’rifat orqali kambag‘allikni qisqartirish”  mavzusida ma’naviy- ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Uchrashuvga Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari U.Tileumuratova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi Yu.Qalekeev, hunarmand Z.Madiyarova va mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar, hunarmandchilik bilan shug’illanish istagidagi ayollar ishtirok etdi.

 

 

 

Skip to content