Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishi o‘tkazildi

Qo‘ng’irot tumani huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishi o‘tkazildi va unda 2024 yilning 12 oyida hududda jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishdagi huquqni muhofaza qilish idoralari ishlari keng muhokama qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Yig’ilishda ta’kidlanishicha, hududda umumiy jinoyatchilik
117,3 foizga oshgan, shu jumladan  o‘rtacha, og’ir va o‘ta og’ir jinoyatlar, bezorilik,  o‘g’irlik, firibgarlik va transport vositasini olib qochish  jinoyatlari oshganligi ta’kidlandi.Jinoyatlarning salmoqli qismi Qoraqalpog’iston ShFY, Jasliq, Elabad, Qo‘ng’irot MFY, Azatliq, Sanaat, Navoiy, Qangli OFY, Qo‘ng’irot Qumbiz,, Urnek, Qiriqqiz, Taraqli, Bostan, Gulabad,  Qaratal, Almazar va Qipshaq mahallalari hissasiga to‘g’ri kelgan hissasiga to‘g’ri kelgan. Oldini olish mumkin bo‘lgan ya’ni mahallada sodir etilgan jinoyatlar hisobidan hududdagi 39 ta mahallaning 8 tasi (20,5%) “qizil”, 19 tasi(48,7%) “sariq” va 12 tasi (30,7%) “yashil” toifalarga kiritilgan.Voyaga etmaganlar, yoshlar va xotin-qizlar jinoyatlari ham oshganligi alohida ta’kidlanib, tegishli soha mas’ullarining izoh va tushuntirishlari tinglandi. Yig’ilishda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi muammolarni hal etishga kompleks yondashilmaganligi alohida ta’kidlandi. Yig’ilishda faoliyatda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy keng muhokama etilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi

Skip to content