Qo‘ng‘irot tumanida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga start berilishi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda obod va farovon yashaylik!” shiori ostida Gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari Abat Mamutov so‘zga chiqib, barchani mamlakatimizda e’lon qilingan “Dolzarb bir oylik” davomida shahrimizning tozaligi va ko‘kalamzorlashtirilishiga o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdi.
Konsertda elimiz sevgan estrada yulduzlari xalqimizga manzur qo‘shiqlarni ijro etdi.