Kasbga o‘rgatish markazi foydalanishga topshirildi
“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2024 yilning 2-mavsumida Qo‘ng‘irot tumani 37-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1 qavatli binosini ta’mirlash talab bo‘lib qolgan binosini ta’mirlash va o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish markazini tashkil etish bo‘yicha 1 mlrd 360 mln pul ajratish taklifi kiritilib, ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan edi. Maktabning o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish markazi binosi “Nukus qutli qadam” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan joriy ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
O‘quv markazining ochilish marosimida tuman hokimi Bekzod Madaminov so‘zga chiqib,
Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi” degan g‘oya asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.Kasbga o‘rgatish markazida kompyuter operatori, tikuvchilik, chilangarlik to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, kasbga o‘rgatish va fan to‘garaklariga 179 nafar o‘quvchi qamrab olingan.