Qadimiy besh shaharning biri Qo‘ng‘irot tumanida hunarmandchilik turlari, xususan, milliy kashtachilik, milliy quraqlarni qurish san’ati keng tarqalgan. Keksa onaxonlarimizdan meros bu hunar bugun ko‘plab xotin-qizlarning doimiy ish faoliyatiga aylanib, oilalarning asosiy daromad manbai bo‘lib kelmoqda.
“Mingjargan” MFY aholisi Gulzar Qozoqboyeva milliy kashtachilik, quroq ko‘rpachalar tikishning sirlarini puxta egallab, shu hunari natijasida oilasini tebratmoqda. Bankdan olgan imtiyozli krediti hisobidan 4 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlab kelayotgan hunarmandga faoliyatini kengaytirishga imkoniyat yaratildi. “Sanoatqurilishbank” boshqaruvi homiyligida 100 million so‘mga 10 ta zamonaviy tikuv mashinasi olib berildi.
Natijada sexning ish hajmi kengayib, yana 10 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishildi. Bu qo‘lida hunari bor, lekin uyida ishsiz o‘tirgan yana 10 nafar xotin-qizning ish bilan ta’minlanishiga imkoniyat bo‘ldi.