Qishloq xo‘jaligida er islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etilad

Farmonga ko‘ra, er uchastkalarini ajratish ishlari 2025 yil 1 martgacha to‘liq yakunlanadi.Yangi tizim birinchi bosqichda 2025 yil bahorgi ekish mavsumigacha belgilangan hududlarda tuman hokimliklari tasarrufida turgan, 2025 yil va undan keyingi yillar hosili uchun paxta va g’alla ekinlarini etishtirish nazarda tutilmagan bo‘sh turgan er uchastkalarida joriy etiladi.Yangi tizim samaradorligini muntazam ravishda tahlil qilgan holda, zaruratga ko‘ra, uni 2025 yilgi kuzgi ekish mavsumi va undan keyingi davrlarda boshqa hududlarga ham tatbiq etish bo‘yicha taklif kiritib boriladi.

Quyidagilar tashkil etiladi:

“Qishloq xo‘jaligida er islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi”;

belgilangan hokimliklar huzurida “Ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi erlariga xizmat ko‘rsatish direktsiyasi” davlat korxonalari.

Organik mahsulotlar etishtirish uchun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organic va boshqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga ijaraga berilgan er uchastkalari uchun 2028 yil 1 yanvargacha er solig’i 50 foiz miqdorida to‘lanadi.

Skip to content