Rangli metallarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qimmatbaho rangli metallarning yurtimiz hududiga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Unda “Sheremetevo – Buxaro” aviareysi orqali  mamlakatimizga kirib kelgan fuqaroning xatti-harakatlari  bojxona  xodimlarida shubha uyg‘otganligi sababli tegishli bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu fuqaro tomonidan yo‘lovchi bojxona dekloratsiyasida qayd etilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan umumiy  og‘irligi 97,02 grammga teng bo‘lgan,  qiymati esa 48,5 million so‘mni tashkil etuvchi tilla buyumlar borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Respublikamiz hududiga jismoniy shaxslar tomonidan umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metall hamda zargarlik buyumlarini bojxona bojlarini to‘lamagan holda olib kirishga ruxsat etiladi.

 

Zarif Komilov, O‘zA

Skip to content