“Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-66-son Prezident qarori qabul qilindi.

Xujjatda 2024-yilda Qoraqalpog‘istonda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda aholi bandligini ta’minlash yig‘ma maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan.

Unga ko‘ra, investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 9 287 nafar, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 41 500 nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 65 200 nafar hamda qurilish sohasida 476 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, joriy yilda:
– kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturini amalga oshirish uchun Biznesni rivojlantirish banki kredit resurslari hisobidan 320 milliard so‘m;
– “Tadbirkorlikni rivojlantirish” kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga 50 milliard so‘m;
– ijtimoiy soliq to‘layotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga “Biznesga birinchi qadam” bank plastik kartalari orqali 5 million so‘mgacha miqdorda bir yil muddatgacha mikroqarzlar taqdim etish uchun tijorat banklari tomonidan 60 milliard so‘m mablag‘lar yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, 2024-yildan boshlab har yili “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 1,5 ming nafar yoshlar, xususan 900 nafari raqamli texnologiyalarga, 600 nafari xorijiy tillarga o‘qitiladi.

 

Skip to content