Ijtimoiy tarmoqlarning birida e’lon qilingan “Qang‘li” qishloq fuqarolar yig‘ini, “Shamira” qishlog‘i, A.Yassaviy ichki ko‘chasi yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha bildirilgan murojaatga Qo‘ng‘irot tumani hokimligining rasmiy javobi:
“Qang‘li” ovul fuqarolar yig‘ini, “Shamira” ovul, A.Yassaviy ichki ko‘chasining yo‘llarini ta’mirlash
ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining 2023-yil 29-dekabr kungi 1488-sonli qaroriga asosan, “Og‘ir hudud” dasturiga kiritilib, qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 19,331 km tuproq qoplamali yo‘llarni qum-tosh aralashmali qoplamali yo‘llarga o‘tkazish belgilandi.
Hozirgi kunda “Qang‘li” QFY hududida ichki ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash ishlari boshlandi.
Murojaatda ko‘rsatilgan A.Yassaviy ko‘chasining ichki ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash ishlari manzilli ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, tez orada qum-tosh aralashmasini yotqizish ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.
Qo‘ng‘irot tumani hokimligi Axborot xizmati