Prezident qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Qo‘ng‘irot tumani hokimligining majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.To‘rabekov va Qo‘ng‘irot tumani hokimi Bekzod Madaminov rahbarligida tuman hududida uchrayotgan muammolarni hal etish, obodonlashtirish, jinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Huquqbuzarlik va jinoyatlarning asosiy omillarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Ayni paytda keskin ko‘paygan kiberjinoyatga qarshi kurashish hamda o‘g‘rilik, firibgarlik jinoyatlarining oldini olish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilarining fikrlari tinglandi.

 

 

 

Skip to content