Davlat tilining sofligini saqlaylik!

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti boshlig‘ining 2024-yil 15-yanvar kuni Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida maslahatchilarning yillik hisoboti tinglandi va departament boshlig‘i tomonidan maslahatchilarga topshiriqlar berildi. Qo‘ng‘irot tumani hokimining maslahatchisi va ishchi guruhi tarkibi bilan birgalikda belgilab berilgan topshiriqlarni hamda 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida tumandagi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi bannerlar chiqarayotgan xususiy tadbirkorlik subyektlari xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijasida Qo‘ng‘irot tumanida ikkita (“Shomak” va “Kristal” nomli) banner chiqaradigan xususiy tadbirkorlik subyekti aniqlandi. Xususiy tadbirkorlar bilan uchrashib, Davlat tiliga oid qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash kerakligi tushuntirildi.
Yana chiqarilayotgan bannerlarda xato-kamchiliklar ketayotganligini ogohlantirilib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limida bir oy muddatda an’anaviy shaklda tashkil etilgan “O‘zbek va qoraqalpoq adabiy tili me’yorlari hamdа davlat tilida ish yuritish” bilimlarini takomillashtirish kurslariga bepul o‘qitish masalasi ko‘rib chiqilayotganligi aytildi.

Skip to content