So‘ngi yillarda ko‘plab sohalarni isloh qilish jadal sur’atlarda davom etayotgan bir vaqtda qurol muomilasi sohasida ham bir qator O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari va hukumatimiz qarorlari ishlab chiqildi.
So‘ngi yillarda ko‘plab sohalarni isloh qilish jadal sur’atlarda davom etayotgan bir vaqtda qurol muomilasi sohasida ham bir qator O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari va hukumatimiz qarorlari ishlab chiqildi.
Jumladan:
2019-yil 29-iyulda “Qurol to‘g‘risidagi” O‘RQ-550-son Qonuni,
2020-yil 26-dekabrda “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartiblarni takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 810-son qarori,
2022-yil 31-mayda “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlariga bir qator sezilarli o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritildi:
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-son Qonunida MJtKga 220 1 –moddasi qo‘shimcha kiritilib, quyidagi mazmundagi jumlalar bilan
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2201-moddasi 1-qismida pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish quroli, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini IIOlarining tegishli ruxsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tish holatlari aniqlangansa, qurol musodara qilib, fuqarolarga 15 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish,
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2201-moddasi 2-qismida pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini IIOlarining tegishli litsenziyalarisiz ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish holatlari aniqlangan taqdirda, qurol musodara qilib, fuqarolarga 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravargachaғ miqdorda jarimasolish yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga ko‘rsatilgan.
Qonunchilikda mavjud huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida
2024 yil 27 avgustdagi O‘RQ-946-son Qonunida pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy (o‘z xoxishi bilan) topshirsa, MJtKning 2201-moddasi 1-2-qismida ko‘rsatib o‘tilgan ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi ushbu kodeksning 2201-moddasi 3-qismi qo‘shimcha kiritilib, shaxsning egaligida o‘q-otar bo‘lmagan qurolini o‘z xoxishi bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bu o‘z o‘rnida yuridik va jismoniy shaxslarda o‘q-otar bo‘lmagan (pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish, tig‘li, o‘zini o‘zi himoya qilish) qurolini xujjatlarsiz saqlanishining oldi olinadi, fuqarolarning huquqlari va qonuniy mafaatlarning himoya qilinishi ta’minlanadi, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar havfsizligini ta’minlash, shuningdek; o‘q-otar bo‘lmagan qurol bilan bog‘liq noxush holatlarning oldi olinadi.
АQaliyev. Qo’ng’irot tuman JXX JTSG katta inspektori