Dunyo uchun g’am yema, haqdin o’zgani dema,
Kishi molini yema, sirot uzra tutaro…….
(Ahmad Yassaviy)
Hayot – bu insonga berilgan eng bebaho ne’mat. Lekin, bu hayotni har kim har hil yashaydi. Kimlardur yaxshilikka talpinib, insonlarga imkoniyati boricha yordam qo’lini cho’zib, og’irin yengil qilishga harakat qiladi. Insonlar orasidagi bunday insoniy fazilatlarni ko’rib,ko’ngling tog’day ko’tariladi va hayotga, yashashga degan ishtiyoqingiz yanada ortadi. Lekin tez shiddat bilan rivojlanayotgan davlatimizda o’z manfaati yo’lida oson boylik topishni ko’zlab, qonunga zid harakatlarni qiloyatgan insonlar ham yo’q emas.
Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan bu illat azaldan jamiyat va davlat ravnaqiga to’sqinlik qilib kelayotgan eng jirkanch omillardan biridir. Takidlab o’tish joizki, bu zararli illat insonlarning katta va kichik, badavlat va kambag’al bo’lishdan qa’tiy nazar barcha davlatlarda uchraydi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab, davlatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatni qurishning umum strategiyasini amalga oshirish doirasida, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boyicha chora tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Korrupsiya atalmish bu illatni bartaraf etish bo’yicha bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsada, hali hanuz bartaraf etilmayabdi. Sababi jamiyatimizdagi ayrim mansabdor shaxslarning mansabi bo’yicha berilgan huquq va vakolatlarini o’z manfaati yo’lida bevosita suiste’mol qilayotgani hech kimga sir emas albatta.
“Shahar bedarvoza emas” deganlaridek qing’ir ishlari sababli, o’zlarining nurli hayotlarini, qorong’u panjara ortida o’tishiga sababchi bo’layotganlar qancha. Shunday bo’lsa-da, biz bu illatga kunda-kunaro duch kelayapmiz.
Prezidentimiz ham o’z so’zlarida aytgan edi:
-Islohatlarimiz samarasi ko’p jihatdan korrupsiyaga qarshi qa’tiy kurashishga bog’liq. Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning asosiy vazifamiz.
Jamiyatimizdagi ayrim insonlar, asosan yoshlarga qarab diling quvnaydi. Keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, ishlarini mukammal darajada qonunan bajarib davlatimiz ravnaqiga o’z hissasini qo’shayotgan insonlar qancha. Qaniydi korrupsiya degan illatni tub-tomiri bilan sindirib tashlasak. Yo’qsa bu illat farzandlarimizga, ulardan nevaralarimizga meros bo’lib, takror va takror ro’y beraveradi. Afsuski korrupsiya qarindosh-urug’lar, do’stu- birodarlar o’rtasida ham ko’p uchraydi. Bu esa vaqti kelib yaqinlar o’rtasida nizolarga ham olib kelishi mumkin.
Korrupsiya balosidan qutilish, islohatlarni uning changalidan qutqarish har birimizning sharafli burchimizdir. Biz ishonamiz kun kelib korrupsiya butunlay yo’q bo’lib davlatimiz bunnan da yuqori darajada yuksaladi. Buning uchun barchamiz bir tan-u bir jon bo’lib kurashib, yurtimiz taraqqiyoti yo’lida fidoyilik ko’rsatishimiz zarur.
Aziz yurtdoshlar! Milliyligimizga zid bo’lgan bunday illatlardan holi bo’laylik. Sababi ertangi oydin kelajak bugundan boshlanadi.
Ertaga yoki bugun emas, balkiy hoziroq bu jirkanch illatga, chek qo’ying. Xato yo’lni tanlab oyog’ingizga bolta urmang. O’z kelajagingiz o’z qo’lingizda. Karrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
Qo’ng’irot tumani Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi
Direktori: B.Matniyazov