Mehnat intizomi

Mehnat qonunchiligida har bir jamoada mehnat intizomi bosh omillardan ekanligi aniq ifodalab berilgan. Intizomni buzish esa qonunbuzarlikdir.
Har bir tashkilot, korxona va muassasalarda mehnat intizomiga rioya qilishni va mehnat tartibini belgilovchi asosiy hujjat bu “Ichki mehnat tartibi” qoidasidir.
Intizomiy javobgarlik -OʻzRda oʻz mehnat burchlarini qonunga muvofiq ravishda yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor boʻlgan xodimga taʼsir koʻrsatish vositasi
Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Intizomiy qilmish deganda xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlarini aybli tarzda, g‘ayriqonuniy ravishda bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi (mehnat (lavozim) majburiyatlarining buzilishi) tushuniladi.
Agar xodimning o‘z mehnat (lavozim) majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lsa (xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun ish beruvchi tomonidan zarur shart-sharoitlar ta’minlanmaganligi, fors-major holatlari va hokazolarda), xodimni intizomiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. (OʻzR Mehnat kodeksi 301-moddasi).
Xodim intizomga xilof nojoʻya harakati uchun, odatda, ish beruvchi tomonidan intizomiy javobgarlikka tortiladi yoki unga nisbatan boshqa taʼsir choralari qoʻllanadi.
Korxona, muassasa, tashkilotga moddiy zarar yetkazgan xodim mehnat huquqi meʼyorlari boʻyicha moddiy javobgar deb topiladi va intizomiy javobgarlikka tortilishi yoki tortilmasligidan qatʼi nazar, undan zarar undirib olinadi. Intizomiy javobgarlik boʻyicha mehnat intizomini buzganlik uchun jazo choralari va ularni qoʻllanish, olib tashlash, Intizomiy javobgarlikning amal qilishi hamda intizomiy javobgarlik ustidan shikoyat etish tartibi OʻzR Mehnat kodeksida belgilangan.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Agar intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.
Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi(OʻzR Mehnat kodeksi 315-moddasi).

Qo`ng`irot tumani adliya bo`limi
1-sonli FHDY bo`limi 2-toifali inspektori A.J.Sultanov

Skip to content