PREZIDENT QARORI AMALDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 dekabrdagi “Mahalla byudjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-458-sonli va 2023 yil 21 dekabrdagi “O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarorlariga muvofiq “Qonli” ovul fuqarolar yig‘inida yer va mol-mulk soliqlarini undirishdan tushgan mablag‘ning 10 foizidan shakllantirilgan Fond mablag‘i hisobidan hudud aholisining turmush farovonligini oshirish yo‘nalishidagi ishlar olib borilmoqda.

Shu kungacha qishloq fuqarolar yig‘inidagi 1600 m dan ortiq
eskirgan, foydalanishga yaroqsiz gaz quvurlari yangisiga almashtirildi.
Gaz tarmog‘i yangidan tortilgandan so‘ng gaz bosimi avvalgidan kuchayib, hudud aholisini quvontirmoqda. Xalqimizning Prezidentimizga minnatdorchiligi cheksiz,- deydi APJ boshlig‘i Zlixa Seydullayeva.

 

 

Skip to content