O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining “Qoraqalpoq tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 410-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘ng‘irot tumani suv ta’minoti filialida davlat tili haqidagi Qonun hujjatlariga amal qilinishi, tashqi yozuvlar, peshlavha, e’lon va axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish ishlari davomida aniqlangan xato-kamchiliklar bo‘yicha mutasassis kadrlarga tushuntirish ishlari olib borildi va tez orada bartaraf qilish maqsadida topshiriqlar berildi.