Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarcha

Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish, ariza berish va uni ko‘rib chiqish, ma’lumotnomani ariza beruvchiga taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi 1 ta tashkilotdagi ishga kirgan va ishdan bo‘shaganligi bo‘yicha yozuvlarni tasdiqlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 barobari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov summasi qaytarilmaydi.
So‘rovnomada so‘ralayotgan tashkilotlar hujjatlari tegishli davlat arxivida mavjud bo‘lmaganda, so‘rovnomani qabul qilgan davlat arxivi bir ish kuni mobaynida tegishli ma’lumot saqlanayotgan davlat arxivini aniqlaydi (tashkilotlar hujjatlari boshqa arxivda mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno) va so‘rovnomani tegishliligi bo‘yicha davlat arxivlariga yuboradi. Tegishli davlat arxivi so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma’lumotnomani shakllantiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda ariza beruvchiga yuboradi. Bunda to‘langan yig‘im, agar mavjud bo‘lsa, bank xizmati to‘lovini ayirgan holda, so‘rovnomani qabul qilgan arxivdan so‘rovnomani bajargan arxivga o‘tkaziladi. So‘rovnoma arxiv hujjatlari asosida ko‘rib chiqilib, tegishli ma’lumot aniqlanmagan taqdirda, to‘langan yig‘im miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda, uning so‘roviga ko‘ra davlat xizmatlari markazi unga ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.

Qo’ng’irot tumani Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi xodimi: G.Doshanova

Skip to content