Tashqi reklama vositalari o‘rganilmoqda

Qo‘ng‘irot tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi va Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda tumandagi tashqi reklama vositalari o‘rganilmoqda.
Ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan bu borada eʼtiborsizlikka yo‘l qo‘yilganligi bois noqonuniy o‘rnatilgan va noto‘g‘ri yozilgan tashqi reklama vositalari uchrab turadi.
Tadbirkorlarga reklama obyektlarini joylashtirishda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori talablariga mos kelmaydigan va noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarini shaharsozlik me’yorlari va qonun talablari asosida o‘rnatishlari tavsiya etildi va bu to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berildi.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qaroriga asosan belgilangan talablarga moslashtirilmagan reklama obyektlari (konstruksiyalari) ularning egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘z kuchi bilan olib tashlanadi (demontaj qilinadi) hamda yer maydoni tartibga keltiriladi, aks holda qurilmalar sud tartibida tegishli hokimlik tomonidan demontaj qilinadi va barcha xarajatlar reklama obyektlari (konstruksiyalari) egalaridan undiriladi;
noqonuniy o‘rnatilgan reklama rekonstruksiyalari, tashqi yozuv e’lonlari, peshlavhalar, tashqi reklama bannerlarini “Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasi hamda yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

Skip to content