
Havo harorati keskin sovib ketishi oqibatida quvurlarda suv muzlab qolishi mumkin. “O‘zsuvta’minot” AJ mutaxassislari buning oldini olish bo‘yicha bir qancha tavsiyalar berdi.
Muzlagan quvurlarni uy sharoitida eritish uchun iliq suvdan foydalaning. Ushbu usul suvning turg‘unlik zonasi aniq belgilangan va u kichik bo‘lgan hollarda tanlanadi. Quvurning ochiq muzlagan joyini latta yoki biror mato bilan o‘rab, ustiga iliq issiq suv quying va suv haroratini sekin-asta oshirib boring. Kranni oching – bu muzning erishini tezlashtiradi. Namlangan lattalar esa issiqlikni bir muddat ushlab turadi, plastmassa yoki metall quvurlar ichidagi muzni eritishga imkon beradi.
Fendan foydalaning. Iliq havo oqimini yaratadigan har qanday qurilmadan foydalanish mumkin. Ushbu usul quvurlarda muzlagan kichik maydonlarni isitish uchun xizmat qiladi.
Ammo ushbu usul plastik qoplama haddan tashqari qizib ketishi va erishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois fendan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qiling.
Agar chanoq (rakovina) yoki unitaz yaqinidagi quvur muzlagan bo‘lsa, unga qaynatilgan tuz qorishmasini (10 litr suv uchun 1 kg. tuz) quying.
O‘zA