Kelgusi uch yilda misni chuqur qayta ishlashni kamida 2 baravarga oshirish zarurligi qayd etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Yaqinda Prezident tomonidan tasdiqlangan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo‘yicha dasturda:

– 34 mingta xonadon, vazirlik va idoralarning 6 mingta ob’ektida bunday qurilmalar o‘rnatilishi belgilandi;

– aholiga kompensatsiya olish, kreditni 3 yil ichida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratildi.

Kelgusi uch yilda misni chuqur qayta ishlashni kamida 2 baravarga oshirish zarurligi qayd etildi.

Ohangarondagi mis klasterining boshqaruv tizimini takomillashtirish, xorijiy boshqaruvni yo‘lga qo‘yib, chuqur qayta ishlash loyihalari, ilm va innovatsiyani olib kirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zA

Skip to content