Hurmatli prokuratura organlari xodimlari va soha faxriylari!
8 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni – bu bayram inson huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdek sharafli burchni ado etayotgan sharafli kasb egalarining bayramidir. Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyatimizda adolatni qaror toptirish, qonunchilikni mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish borasida prokuratura organlarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘z kasbining mas’uliyatini chuqur anglagan holda har qanday holatda ham qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan prokuratura xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan tumanimiz ahli nomidan samimiy tabriklayman! Xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonunchilik posbonlarining har birining xonadoniga omonlik, tinchlik-xotirjamlik,
xalq manfaati yo‘lidagi ishlarida muvaffaqiyat tilayman!
Hurmat bilan,
Qo‘ng‘irot tumani hokimi
Bekzod Madaminov.