DALA MADANIYATI- FERMER DAROMADI

Qo‘ng‘irot tumanidagi “Jayilxon bobo” fermer xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda tumandagi qishloq xo‘jaligi kompleksi tashkilotlari mas’ul xodimlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda ayni kunlarda fermer xo‘jaliklaridagi g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning borishi, bahorgi ekishga tayyorgarlik, texnikalarni sozlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ekin yerlaridan samarali foydalanish, dala madaniyatiga e’tibor qaratish – fermerlarning dehqonchilikdan kafolatli iqtisodiy manfaatdorligiga erishish garovi ekanligi ta’kidlanib, bu borada aslo beparvolikka yo‘l qo‘yilmasligi uqtirildi.
Suv tejalishiga erishish maqsadida ariqlarni tozalash va ularni betonlash, g‘alla parvarishiga e’tibor qaratish, dala chetlaridan samarali foydalanish, daraxt, tut, tok va mevali ko‘chatlar ekishni ko‘paytirish va boshqa zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida sifatli amalga oshirish bo‘yicha soha xodimlariga tegishli tavsiyalar berildi.

 

Skip to content