Konstitutsiyamizga 32 yil…

Asosiy Qonunimiz, konstitutsiyamiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga ishonch hosil qilamiz. Shu o’rinda “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan. Bu yil baxtimiz qomusi bo’lgan konstitutsiyamizga sharafli 32 yil to’ldi. Bayram joylarda katta shkuh bilan nishonlandi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida Yangu tahrirdagi konstitutsiya qabul qilingan bo’lib bu o’zgarish 2023-yilning 30-aprelidagi refrendumdan so’ng qabul qilindi( 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan). Konstitutsiyaning moddalariga katta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.Ya’ni 65% yangilandi. Albatta buning barchasining zaminida inson huquq va erkinliklarining kafolati turadi.

Qo’ng’irot tumani Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi SH.Baltabayeva

Skip to content