Aholini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, Pensiya jamg‘armasini ishonchli daromad manbalari bilan ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida quyidagi soliqlar ko‘zda tutilgan:
ijtimoiy soliq
ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy soliq
Ijtimoiy soliq to‘lovchilar:
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
soliq kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari kiradi.
Soliq solish ob’ekti:
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish ob’ektidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob’ektidir. Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Qo’ng’irot tumani
Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi: A.Saparov