2024-yil 14-fevral sanasida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (OʻRQ-907) qabul qilindi.
Ushbu Qonunda xususiylashtirishning elektron-onlayn auksion, tanlov, birja, muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish, raqobatga asoslangan muloqot, koʻchmas mulk, ulush hamda korxonani boshqa jamiyatning ustav fondiga kiritish hamda korxonalarni keyinchalik sotish sharti bilan ijaraga berish kabi 8 ta usullar nazarda tutiladi.
Qonun bilan davlat mulki obyektlarini auksion orqali xususiylashtirishning asosiy tamoyillari belgilab berilgan bo’lib, ular onlayn savdolarning shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonunning 20-moddasi “Davlat mulkini auksionda xususiylashtirish” deb nomlanib, quyidagi yangi normalarni o’z ichiga oladi:
– Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomaning matniga auksion predmetiga taalluqli bo‘lmagan talabni va (yoki) ishtirokchilar o‘rtasidagi raqobatni cheklovchi talabni kiritish taqiqlanadi.
– Davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha auksion boshlang‘ich narxni oshirib borish shaklida elektron onlayn-auksion tarzida o‘tkaziladi.
– Agar davlat mulki uch oy ichida auksionda sotilmasa, yangi boshlang‘ich narx bilan takroriy auksionga qo‘yilishi mumkinligi belgilandi.
– Auksion olti oy ichida bo‘lib o‘tmagan deb topilgan taqdirda, davlat mulkini xususiylashtirishning boshqa usulidan foydalanilishi mumkinligi belgilandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.