
Nepallik fuqarolarni 124.500 AQSH dollarga chuv tushirgan ayolning qilmishlari fosh bo‘ldi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yilning sentyabr oyida Buxoro shahar Shota Rustavelli ko‘chasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Yu.D. ismli ayol bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktiradi. Natijada oldindan tuzilgan reja asosida Buxoro shahar 7-kichik nohiyasidagi xonadondan turib 42 nafar Nepal davlati fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasiga chaqirib, ularga viza olib berish va Yevropa davlatlariga jo‘natish va’dasini beradi. Ushbu chet el fuqarolaridan jami 124.500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmay qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuboradi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Yu.D. ismli ayol boshchiligidagi jinoiy guruhga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA