Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumani “Qonʼírat” OFY xotin-qizlar faoli Sherbaeva Gulnur Tauekelovna 2022-yil 20-dekabr kuni Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga murojaati boʻlib oʻtdi. Ushbu murojaatda prezidentimiz, biz mahalla faollariga ham katta eʼtibor qaratdilar.Xususan,oilalardagi inson qadri,oilalardagi kambagʻallikni qisqartirish, shuningdek,har bir mahallada kitobxonalar va sport toʻgaraklarini tashkil etishga 8 mlrddan ortiq pul ajratilganligini atab oʻtdilar.Qoʻngʻirot tumani hokimligi majlislar zalida turli kasb egalari bilan , prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga murojaatini tinglar ekanmiz, yangi 2023-yilga “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili deb nom berilishi barchamizni quvontirdi. Prezidentimizning bunday adolatli siyosatiga biz mahalla faollari toʻliq qoʻshilamiz va har bir oilaning tinch-totuv,ahillikda yashashlari uchun oʻz kuchimizni ayamasdan mehnat qilamiz deb vaʼda beramiz.